
OChL. Bugun "Nasaf"ni o‘ta muhim o‘yin kutib turibdi!
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi pley-off uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, "Nasaf" qit’a miqyosidagi eng nufuzli klublar musobaqasi guruh bosqichida ishtirok etish uchun maydonga tushadi. Vakillarimizga BAAning "Baniyas" klubi raqiblik qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu qarama-qarshilik g‘olibi "E" guruhidan o‘rin oladi.
Fikrlar