
OChL. Bugun finalning javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Bugun Osiyo chempionlar ligasi finali doirasidagi "Al Ayn" va "Yokogama Marinos" o‘rtasidagi javob bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 21:00da Al Ayn shahrida bo‘lib o‘tadi. Dastlabki bahsda Yaponiya jamoasi 2:1 hisobidagi g‘alabasi qozongan edi. 12-daqiqada Al Balushi hisobni ochgan, biroq mehmonlar Asaxi Uenaka va Kota Vatanabening gollari evaziga g‘alabani ilib ketgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Al Ayn" guruhda "Paxtakor" bilan, pley-offda "Nasaf" bilan o‘ynagan edi.
Fikrlar