
OChL. Amonovdan gol, G‘aniev 86 daqiqa harakat qildi
OChL guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" va "Ahal" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2:1 hisobida dubayliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Federiko Kartabiya hisobni ochdi. Bo‘lim yakuniga yaqin futbolchi dublini rasmiylashtirib qo‘ydi. "Ahal" tarkibidagi yagona golni Arslanmurad Amonov 74-daqiqad penaltidan kiritdi.
"Shabab Al-Ahli" safida harakat qilayotgan legionerimiz Aziz G‘aniev asosiy tarkibda maydonga tushib, 86-daqiqad zaxiraga olindi.
Fikrlar