OChL. "Al-Ittihod" - "Navbahor": Jamoalar qanday libosda harakat qilishi ma’lum (foto)

  • 21 fevral, 2024, 21:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Ittihod” – “Navbahor” uchrashuvi oldidan rasmiy yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Xabaringiz bor, ertaga OFK chempionlar ligasi nimchorak final javob o‘yini doirasida namanganliklar Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” (Jidda) klubi mehmoni bo‘ladi.

Bugun mazkur o‘yin oldidan uchrashuvning tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bo‘lajak bellashuv mas’ullari, har ikki ishtirokchi jamoalar vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda uchrashuv komissari va o‘yin nazoratchisi bellashuvning tashkiliy jihatlari yuzasidan barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishdi. Shuningdek, ertangi o‘yinda jamoalar qanday rangdagi liboslarda maydonga chiqishi ham aniqlab olindi. Unga ko‘ra, mezbonlar qora-sariq, “lochinlar” esa oq rangli formalarda harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Ittihod” – “Navbahor” uchrashuvi 22 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Jiddadagi  “Qirol Abdulla” sport majmuasida boshlanadi. Bo‘lajak o‘yinda jamoamizga omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!