
OChL. "Al-Faysali" "Al-Sadd"ni mag‘lub etib, "Nasaf" bilan tenglashib oldi
Osiyo chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Al-Faysali" - "Al-Sadd" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Ushbu bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 4-daqiqasidanoq Xassan Al-Xaydos hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 16-daqiqada Xisham Faik muvozanatni tikladi. 53-daqiqada Julio Tavaresh saudiyaliklarning ikkinchi golini urdi va "Al-Sadd" ustidan qozonilgan g‘alabaga ulkan hissa qo‘shdi.
Shu tariqa, "Al-Faysali" ochkolari sonini 4 taga etkazib oldi va "Nasaf" bilan birga guruhda etakchilik qilmoqda. "Al-Sadd" hisobida hozircha 1 ochko mavjud.
Fikrlar