OChL-2023. Muhim o‘yin oldidan "Paxtakor"da yo‘qotishlar bor

  • 4 dekabr, 2023, 11:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yildagi so‘nggi bahsni "Sherlar" 5 dekabr kuni OChL 6-turi doirasida "Al Fayha"ga qarshi "Bunyodkor" stadionida o‘tkazadi.

Tecno

Riyodda o‘tgan dastlabki bellashuvda raqib 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Bo‘lajak o‘yinda "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan taqdirda boshqa guruhdagi natijalarga qarab nimchorak finalga yo‘l olishi mumkin. Joriy yil 16-chempionlikka erishgan "Sherlar" mavsumni g‘alaba bilan yuqori kayfiyatda yakunlashga intiladi.

Jamoamizdan Shahzod Azmiddinov va Odil Hamrobekov diskvalifikatsiya sababli o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Mehmonlarda bunday yo‘qotish mavjud emas.

"Paxtakor" va "Al Fayha" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 5 dekabr, seshanba kuni soat 19:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.

“Paxtakor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+79152058767
04/12/2023 18:00
Нима булса хам грухдан чикишини сураймиз омад пахтакорга навбахор мухлиси сифатида