OChL-2022: "Nasaf" va "Paxtakor" keyingi o‘yinlarini qachon va kimga qarshi o‘tkazadi?

  • 20 aprel, 2022, 16:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek klublarining Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtiroki davom etmoqda.

Tecno

Jumladan, guruh bosqichining 5-turida “Paxtakor” Eronning “Sepaxon” klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs 22 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida “Sepaxon” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

“Nasaf”ni esa 5-turda Qatarning “Al-Sadd” klubiga qarshi o‘yin kutib turibdi. Ushbu uchrashuv 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" musobaqaning "D" guruhida 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda. "E" guruhidan joy olgan "Nasaf" hisobida esa 5 ochko bor va "ajdarlar" 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odilbek Abdushukurov
20/04/2022 17:31
Nasafga ishonamiz, olg'a!
Alisher Kamalov
20/04/2022 16:18
Насаф 100 фоизлик натижа килади
Alisher Kamalov
20/04/2022 16:18
Пахтакор кайтаверсин колган 2 уйиндан 1 очко хам ололмайди