OChL 2. "Istiqlol" "Al-Vehdat"ni taslim etdi, Ashurmatov to‘liq o‘yin o‘tkazdi
OChL 2 3-turidan o‘rin olgan "Istiqlol" - "Al-Vehdat" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda fors klubi 2:0 hisobida g‘alabani o‘ziniki qildi.
8-daqiqada Munir El-Haddadi hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada Yasir Assani oradagi farqni ikkita oshirib qo‘ydi.
Legionerimiz Rustam Ashurmatov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Uning harakatlari "SofaScore" statistik portalida 6.9 ballga loyiq ko‘rildi.



Fikrlar