Oblak PSJning asosiy transfer nishoniga aylandi

  • 8 mart, 2019, 21:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi “Atletiko” darvozaboni Yan Oblakni sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rmoqchi.

Tecno

Marca nashrining xabar berishicha parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelayfi 26 yoshli sloveniyalik darvozabonni klubning mavsumlar oralig‘idagi asosiy transfer maqsadi deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tish lozimki PSJ o‘tgan yoz ham Oblakni sotib olishga harakat qilgan, biroq, ularning bu boradagi urunishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.

Ma’lumot uchun, Oblak joriy mavsum “Atletiko” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!