
Oblak "Atletiko" tarixiga kirishi mumkin
"Atletik" ustidan "quruq" g‘alaba Yan Oblak uchun klub rekordini takrorlash imkoniyatini berdi.
Madridliklar sobiq darvozaboni Abel Resino La Ligada 65 marotaba o‘z darvozasini daxlsizligini saqlab qolgan. Yan Oblak ham kechagi o‘yindan so‘ng mana shu marraga etib keldi.
Chempionatdagi yana bir quruq o‘yindan so‘ng Oblak uchun "Atletiko" tarkibida Ispaniya chempionatida eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan darvozabon sifatida qayd etiladi.
Resino o‘z rekordi uchun 243 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Oblak uchun esa 163 ta o‘yin etarli bo‘ldi.
Fikrlar