Obid Jo‘raboev: Yutqazsak, Kanchelskis futbolchilarni ayblaydigan bo‘lib qoldi

  • 7 avgust, 2020, 22:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Navbahor”ni himoyachi Obid Jo‘raboev tark etgani haqida xabar bergandik. Endi u faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. Biz esa ushbu o‘yinchi bilan bog‘lanib, nima uchun “Navbahor”dan ketganining sababini bilishga qiziqdik. O‘zaro suhbat jarayonida aslida nimalar bo‘lganini ochiq-oydin aytdi.

Tecno

-  “Navbahor”dan ketishingiz sababi nima bilan bog‘liq?

-  “Nasaf” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynaganimizdan keyin bosh murabbiyning menga bo‘lgan munosabati o‘zgarib qoldi. Shundan keyin meni zaxiraga o‘tqazib qo‘yishni boshladi. “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinning oxirgi daqiqalarida esa zaxiradan maydonga tushirdi. Uchrashuvdan keyin esa negadir meni aybladi. Matbuot anjumanida ayrim o‘yinchilarni boshqa o‘ynatmayman, deb gapirdi. Undan keyin yana bir intervyu berib mening ismimni aytib, uni o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazib yubordim, degan. “Bunyodkor” bilan uchrashuvdan so‘ng yig‘ilganimizda yordamchi murabbiylar menga o‘rinbosarlar bilan shug‘ullanar ekansan, deyishdi. Kanchelskisning oldiga kirib, buning sababini so‘raganimda, men shunday qaror qildim, sen o‘rinbosarlar jamoasi bilan shug‘ullanib turasan, dedi. Shu tariqa, ma’lum vaqt u erda mashg‘ulotlarda qatnashib turdim va “Qizilqum”ga qarshi o‘rinbosarlar bahsida o‘ynadim. Shundan keyin yana bir bor bosh murabbiyning oldiga uzr so‘rab kirmoqchi bo‘ldim. Agar xato qilgan bo‘lsam, kechirim so‘ramoqchi bo‘lib turgandim. Ammo u meni qabul qilmadi. Hayronman, yutqazsak, nima uchun birgina meni ayblaydi? Maydonda 11 nafar futbolchi o‘ynaydi. Qizig‘i, mag‘lubiyatga uchrasak, futbolchilarni ayblaydigan bo‘lib qoldi. “Navbahor”dan ketishdan avval Kanchelskisning oldiga kirdim. Xafa qilgan bo‘lsam uzr, ammo rostini ayting, jamoaga kerak bo‘lmasam, ketishimga ruxsat bering, o‘rinbosarlar tarkibida yurgani yosh bola emasman, dedim. “Navbahor”da hech qanday ko‘tarma pulisiz oylik maosh bilan mukofot puliga o‘ynab yuribman,  uyimga yaqinroq bo‘lish uchun shu erda yurganimni unga tushuntirdim. Shundan so‘ng “Navbahor”dan ketdim.

-  Sizni klubdagi o‘yinlaringizni kuzatib kelayotgandik. Ilgari pro-ligada o‘ynab kelayotgandingiz. “Navbahor”ga o‘tib esa, asosiy tarkib a’zosiga aylanganingizni ham ko‘rgandik...

-  O‘tgan yili ham kelgandim va imkoniyat berishlarini so‘ragandim. Legioner Slavko Lukichni ham olib kelishgandi, ammo raqobatda undan ustun kelgandim. Bu yil ham boshida meni olib qolish borasida ikkilanishdi, nazarimda. Mavsum boshida ham asosiy tarkibda o‘ynayotgandim. “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Andijon” kabi jamoalarga qarshi o‘ynadim, hammasi joyida edi. Ammo “Nasaf” bilan o‘ynaganimizdan keyin, uning fikri o‘zgardi, tushunmay qoldim. Ilgari menga munosabati yaxshi edi. Meni hadeb yoshi katta deb gapirishlari ham jonimga tekkandi. “Bunyodkor” bilan o‘yindan keyingi holat esa hammasidan oshib tushdi. Axir kim qanday o‘ynagani maydonda ko‘rinadi-ku. Yoshlardan ko‘p yugursam yuguramanki, aslo kam emas.

juraboev3

-  Murabbiyning ishonchi bo‘lmagan joyda o‘ynash qiyin-da...

-  Ha, bosh murabbiy sizga ishonmayaptimi, u erdan albatta ketish kerak. Men zaxirada o‘tiradigan yoki o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynaydigan yoshda emasman. Faoliyatimni vaqti kelib yaxshi notada yakunlamoqchiman.

-  Sizni “Dinamo” klubida shug‘ullanayotganingiz haqida eshitdim...

-  “Bunyodkor” bilan uchrashuvdan keyin men haqimdagi gap-so‘zlar tarqab ketgandi. Sergey Lushchan “Dinamo”ni qabul qilib olganidan keyin menga qo‘ng‘iroq qilib, jamoaga yordam berishimni va kelasi yili Superligada sen uchun jamoa tayyor, yana shu erda o‘ynaysan, deb ishonch bildirdi. “Navbahor”dan yaxshiroq sharoit qilib beraman, dedi.

-  Shartnoma tuzdingizmi?

-  Hozircha yo‘q. Tez orada shartnoma tuzamiz. Lushchan birinchi bo‘lib menga taklif bilan chiqqani uchun unga so‘z bergandim, shuning uchun boshqa takliflarga jiddiy qaramadim. Lushchan bilan “Bunyodkor”da ham birga ishlaganman. Uni  professional mutaxassis sifatida ham, odamgarchilik tomonidan ham hurmat qilaman. “Dinamo”ni Superligaga olib chiqish yo‘lida yordam beraman.

juraboev2

-  Superligada o‘ynayotgan futbolchining pro-ligada to‘p surishi bu orqaga tashlangan qadam emasmi?

-  Yo‘q, nimaga orqaga tashlangan qadam bo‘ladi? Futbolni o‘ynasam yana ikki-uch yil o‘ynarman. Agar yoshroq bo‘lganimda bu boshqa gap edi. “Dinamo” pro-ligada bo‘lsa-da, klub xuddi Superliga darajasida. Elitaning har qanday jamoasiga teng kela oladi. Bu har yili pro-ligada ishtirok etayotgan jamoa emas. Faqat o‘tgan yili Superligada ishlari yurishmasdan, bu yil pro-liga qatnashyapti. Ammo maqsad yana kuchlilar safiga qaytish. Nasib qilsa, maqsadimizga erishsak yana Superligada o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

-  “Dinamo”ning Superligaga chiqish imkoniyati qanday? Yangi jamoa sizda qanday taassurot qoldiryapti?

-  Moliyaviy tomondan klubning imkoniyati yaxshi. Bu borada “Navbahor”nikidan yaxshi bo‘lsa yaxshiki, ammo yomon emas. Jamoa esa meni zo‘r kutib oldi. U erda rahbariyat va murabbiylar almashgan. Yangi homiy biriktirilgan. Tarkibdagi futbolchilarni taniyman, bir kundayoq jamoadagilar bilan chiqishib ketdim. Xudo xohlasa, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajaramiz.

juraboev5

-  “Navbahor” ushbu mavsumda Kanchelskis bilan nimaga erisha oladi, deb o‘ylaysiz?

-  Sobiq jamoam uchun doim yaxshi tilaklarni bildiraman. Oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishishini istayman. “Navbahor”da qaysi murabbiy ishlashidan qat’iy nazar baribir u rahbariyat tomonidan qo‘yilgan vazifani bajarishga intiladi. O‘ylaymanki, Andrey Kanchelskis ham shunday holatda. Hozircha klubning natijalar chakki emas. Agar shu ketishda bo‘lsa, “Navbahor” albatta oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рашид Хожаханов
08/08/2020 11:17
Тугрисини айтиш керак. Бунёдкорга карши уйинда жуда ёмон уйнади. Айнан унинг хатоси маглубиятга сабаб булди. Канчелискис тугри карор чикарган.
НАЙДЁТСЯ ВСЁ!
07/08/2020 23:53
Агар шу фикримни Обит Джорабоев укиб колса,шу футболчи хакидаги мани фикрим:навбахор мулисиман,Обид Джорабоев зо'р футболчи.рахбарият Нима тариф берсаям.бу футболчини жон куйдуриб уйнашини доим кузатганман.каерда уйнасаям фойда келтиради зарармас.омад тилайман келгуси фаолиятларига
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/08/2020 23:25
Nasafka qarshi lekin yahshi uynovdiki qancha hujimlarga turib beruvdi. bulmasa Nasaf yoshlariga va Nasafka qarshi uynash qiyin. Maydonga borini berib uynardiki. Nasafka qarshi uynagan uyinni qilsa Navbahor Uzbekistonni hohlagan kamandasini soladi. Tugri himoyaga uynovdi lekin usha himoyaga ham jidap berish qiyinku. Ayniqsa Nasafka qarshi. Bunyotkor bilan uyinga qandayder hamma uyinchila ogir harakat qiluvdi. Balkim poliya yana bilmadim. Pahtakor bilan uyinga ham. shu bola yahshi uynovdi hujimlarga ham yahshi qushiluvdi. bulmasa Navbahor 1 kishi kam bulib qolib ham yahshi uynovdi. balkim 1 kishi kam bulmaganda Solardi ham.