Obameyangdan voz kechishdi

  • 25 mart, 2020, 21:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyangni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar bor e’tiborlarini "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesga qaratishgan.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Obameyangning o‘zi ham "Barselona"ga o‘tmoqchiligi va "kanonirlar" uning transferini 55 mln evroga baholashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Obameyang joriy mavsum "Arsenal" safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!