
Obameyang yana "Barsa"ga qaytishni xohlaydi, biroq...
Gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang hali ham 2022 yilning birinchi yarmida o‘ynagan kataloniyalik "Barselona" klubidan taklif olishga umid qilmoqda. Biroq, Sport Zone xabariga ko‘ra, Obameyang uzoq kuta olmaydi. Chunki uni Saudiya Arabistoniga chorlashmoqda.
Aytish kerakki, Obameyang "Chelsi"ning rejalariga umuman kirmaydi. Boisi London klubi rahbariyati tarkibni to‘liq yangilashni boshladi va ue hatto o‘tgan mavsumda muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘yinchilar uchun ham joy topilmasligi mumkin.
Nashrning yozishicha, Obameyang “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan doimiy aloqada.
Fikrlar