
Obameyang uchun kurashga yana bir grand klub qo‘shildi
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda 30 yoshli gabonlik fubolchiga "Inter" qiziqib qolgan. Gap shundaki, “neradzurrilar” ko‘plab jamoalardan takliflar bo‘layotgan argentinalik hujumchisi Lautaro Martines o‘rniga aynan Obameyang nomzodini ko‘rib chiqishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Obameyangga shuningdek "Real" va "Barselona" klublari ham kurash olib borishmoqda. "Inter"da esa uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte ko‘rishni xohlamoqda.
Ma’lumot uchun, Obameyang joriy mavsum APLda 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 10 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar