Obameyang Odil Ahmedovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 4 iyun, 2019, 12:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyangga Xitoyning ikki klubidan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.

Tecno

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli gabonlik futbolchini "Guanchjou Evergrand" va "Shanxay SIPG" klublari o‘z safida ko‘rmoqchi. Chin yurtining har ikkala jamoasi ham unga haftasiga 339 ming evro maosh va’da qilmoqda.

Taqqoslash uchun, Obameyangning “Arsenal”dagi haftalik maoshi 190 ming evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Obameyang o‘tgan mavsum APLda jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 22ta gol bilan musobaqa to‘purariga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!