
Obameyang "Barselona"ga o‘tmoqchi
“Arsenal” klubi forvardi Per-Emerik Obameyang faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchiligini bildirdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli gabonlik futbolchi allaqachon “kanonirlar” rahbariyatidan o‘zini “Kamp Nou”ga qo‘yib yuborishini so‘ragan. Kataloniyaliklar esa uni uzoq muddatga safdan chiqqan urugvaylik hujumchisi Luis Suaresga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Ma’lumot uchun, Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida APLda 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar