Obameyang Artetaga ham ishonmayapti

  • 20 dekabr, 2019, 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang imkon qadar tezroq jamoadan ketmoqchi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli gabonlik futbolchi xatto Mikel Arteta bosh murabbiy lavozimiga tayinlangan taqdirda ham “kanonirlar” inqirozdan chiqib ketishiga ishonmayapti va shu bois davralar oralig‘idayoq boshqa jamoaga ketmoqchi.

Obameyangga ayni damda "Real", "Barselona" va "Inter" klublaridan jiddiy qiziqish bor.

Ma’lumot uchun, Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 70 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!