
Obameyang "Arsenal"ning taklifiga rozi bo‘ldi
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda "The Athletic" nashri.
Ma’lumotlarga qaraganda, "kanonirlar" gabonlik yulduzga haftasiga 250 ming evro maosh bilan 3 yillik bitim taklif etgan. Bu 31 yoshli futbolchiga ma’qul kelgan va yaqin kunlarda ikki tomon o‘rtasida 2023 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma e’lon qilinadi.
Obameyangning "to‘pchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda o‘z yakuniga etadi. Unga ko‘ra, forvard haftasiga 200 ming evro ishlab topmoqda.
Fikrlar