OAV: "Yuventus" futbolchisi turinlik muxlislar uchun xayrlashuv videosini tayyorlab qo‘ygan edi

  • 16 yanvar, 2020, 18:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya nashrlari xabariga ko‘ra "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala yozda "Tottenxem"ga o‘tishiga ishongan ekan.

Tecno

O‘tgan mavsum davomida argentinalik futbolchi "Yuve"ning asosiy tarkibidan joy topa olmaganidan so‘ng yozda klubni tark etishga qaror qilgan edi. U "Tottenxem" klubidan qoniqarli taklif olib, unga rozilik berganligi haqida habarlar tarqalgan edi.

Dibala "Tottenxem"ga o‘tishiga shu darajada ishonganki, xatto "Yuventus" muhlislari bilan xayrlashuv videosini ham tayyorlab qo‘ygan ekan.

Ammo hujumchi o‘z fikrini qayta o‘ylab ko‘rib Turinda qolishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda Mauritsio Sarri qo‘l ostida forvard o‘zining o‘rnini topa oldi va klub bilan shartnomani uzaytirishga tayyorganrlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!