
“Nyukasl”ga qaytmoqchi bo‘layotgan Benites jamoani chempion qiladigan futbolchilarni ham topib qo‘ydi
Xitoy chempionatida “Dalyan” jamoasini boshqarayotgan ispaniyalik mashhur murabbiy Rafael Benites “Nyukasl”ni qo‘lga kiritgan arab shayxlariga o‘z xizmatini taklif qildi.
Agar “Nyukasl” yangi xo‘jayinlari rasmiyat ishlari yakunlanganidan keyin jamoani ispaniyalik murabbiyga topshirsa, Benites klubga ikki nafar yangi o‘yinchini olishini aytdi.
U yangi ish joyiga “Manchester Siti” himoyachisi Jon Stounz va “Chelsi” yarim himoyachisi Ross Barklini olib kelmoqchi.
Benites 2016-2019 yillar davomida “Nyukasl”ni boshqargan.
Fikrlar