
"Nyukasl" o‘zining transfer rekordini yangilashi mumkin
Angliyaning "Nyukasl" klubi "Xoffenxaym" hujumchisi Joelintonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha klublar ushbu transfer bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishib bo‘lishgan. Unga ko‘ra “qarg‘alar” 22 yoshli braziliyalik futbolchi uchun nemis klubiga 45 mln evro to‘lashadi.
E’tiborlisi, agar ushbu transfer amalga oshsa, Joelinton “Nyukasl” tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi. Bungacha ushbu jamoaning bu boradagi rekordi Maykl Ouenga tegishli edi. 2015 yil “qarg‘alar” uni “Real”dan 25 mln evroga sotib olishgan edi.
Ma’lumot uchun, Joelinton “Xoffenxaym” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoada bor yo‘g‘i 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar