
"Nyukasl" nemis klubidan braziliyalik hujumchini sotib olmoqchi
"Nyukasl" klubi "Xoffenxaym" hujumchisi Joelintonning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi.
Evening Chronicle nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qarg‘alar” 22 yoshli braziliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Nemis klubi uni 45 mln evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Joelintonga shuningdek “RB Leyptsig”dan ham qiziqishlar bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Joelinton joriy mavsum “Xoffenxaym” safida jami 32ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar