"Nyukasl" "Manchester Yunayted" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 17 sentabr, 18:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi Kobbi Meynu qishki transferlar oynasida Angliyaning boshqa bir jamoasi safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. 20 yoshli yarim himoyachiga Ruben Amorim etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayapti. Natijada, istiqboli porloq deyilgan angliyalik yarim himoyachining karerasida pasayish kuzatilmoqda. 

Tecno

Aslida, manchesterliklar tarbiyalanuvchisi uchun takliflarni ko‘rib chiqmayotgandi. Yakshanba kungi derbidagi 3-0 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng "Nyukasl" jamoasi yana Meynuni sotib olish niyyatida. Sababi, mazkur bahsda Kobbi zaxirada qoldirildi. O‘sish davridagi futbolchi uchun o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish juda muhim. 

Aytishlaricha, "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau shaxsan o‘zi bu transferga qiziqish bildirmoqda. Meynuning driblingi, tezkorligi va xujumdagi vaziyatlarni keskinlashtira olish imkoniyatlari murabbiyning e’tiborini tortgan.   

Ma’lumot uchun, Kobbi Meynu joriy mavsum 3 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta assist amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!