"Nyukasl" "Lester" yulduzini 38 million funt evaziga o‘z safiga qo‘shib oladi

  • 20 iyul, 2023, 08:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xarvi Barns tez orada "Nyukasl" safiga kelib qo‘shilishi kutilmoqda. 

"The Atlhletic" nashri xabariga ko‘ra, "qarg‘alar" yarim himoyachi uchun "Lester"ga 38 million funt to‘lab beradi. Tomonlar ushbu transfer borasida kelishuvga erishib ulgurgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida hech qanday muammo yuz bermasligi kutilmoqda. 

Barns "tulkilar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu klub libosida 187 uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!