
“Nyukasl” Husanovdan o‘tolmagan hujumchidan voz kechadigan bo‘ldi
Angliya Premer-ligasining eng badavlat klublaridan “Nyukasl” asosiy hujumchisi Aleksander Isaakni ushlab qolishi qiyin bo‘ladigan ko‘rinadi.
The Telegraph nashrining yozishicha, shved hujumchisi yozda boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda.
“Nyukasl” rahbariyati agar jamoa kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma ola bilmasa, Isaakni sotib yuborishga qaror qilgan.
Hozircha, “qarg‘alar” musobaqa jadvalida 41 ochko bilan ettinchi pog‘onada bormoqda. Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan ozirgi o‘rin – to‘rtinchi pog‘onaga “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Bornmut” ham da’vogarlik qilyapti.
O‘tgan turda “Nyukasl” to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchi “Manchester Siti”dan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvda “shaharliklar” himoyachisi Abduqodir Husanov Aleksander Isaakka umuman o‘yin bermadi.
25 yoshli hujumchiga hozirning o‘zida “Arsenal”, “Liverpul”, “Barselona” va “Chelsi” qiziqish bildirmoqda.
Isaak joriy mavsum 29 ta uchrashuvda 19 ta gol va 5 ta assist muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali ekspertlari uni 75 million evroga baholadi.
Fikrlar