"Nyukasl" grandlar nishonidagi futbolchini "yo‘ldan urmoqchi"

  • 1 sentabr, 2022, 13:06
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni sotib olish uchun kurashga qo‘shildi va transfer oynasi yopilgunga qadar belgiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakat qilib ko‘radi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.

Tecno

25 yoshli yarim himoyachining “Lester” bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar tuzilgan. Belgiyalik shartnomani yangilashga shoshilmayapti. Shu bois, "tulkilar" futbolchini hozir sotishdan manfaatdor, chunki bir yildan keyin uni tekinga qo‘ldan chiqarishni istamayapti.

Tilemansga bu yozda ham APLning top-klublari, xususan, “Tottenxem”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!