"Nyukasl" bosh murabbiyi: "Ronalduning jamoamizga o‘tishi to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on!"

  • 4 yanvar, 2023, 16:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu kecha "Al-Nassr" futbolchisi sifatida taqdimot marosimida ishtirok etdi. Marosim chog‘ida u klub futbolchilari bilan ko‘rishib chiqdi va birga mashg‘ulot o‘tkazdi. 

Tecno

Avvalroq, agar "Nyukasl" Evropa chempionlar ligasiga chiqadigan bo‘lsa, futbolchi ijara asosida APL klubi tarkibiga borib qo‘shilishi haqida xabar bergandik. Kecha "Arsenal"ga qarshi o‘yindan so‘ng "Nyukasl" bosh murabbiyi shu mavzuga to‘xtalib o‘tdi. 

"Ronalduning kelgusi faoliyatiga omad tilayman! Ammo uning jamoamizga ijara asosida o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlar yolg‘on. Bu kabi kelishuv tuzilgani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!