"Nyukasl" Angliya liga kubogi finaliga chiqdi
Angliya liga kubogining yarim finalidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "Sautgempton" bahsi yakunlandi. O‘yin mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvda Longstaff dubl qayd etgan bo‘lsa, Adams gol urib hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, birini uchrashuvda ham "Nyukasl" g‘alaba qozongan. Umumiy hisob - 3:1.
Klubning finaldagi raqibi "Manchester Yunayted" - "Nottingem Forest" bahsida aniqlanadi.



Fikrlar