
"Nyukasl" 80 million evroga hujumchi xarid qilmoqchi
"Nyukasl" 80 million evroga "Ayntraxt"dan Yugo Ekitikeni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
ESPN nashrining xabar berishiga ko‘ra, 23 yoshli hujumchining agenti ayni damda Angilyada bo‘lib turibdi hamda kelishuvning oxirgi bosqichini hal qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, frantsiyalik forvard "qarg‘alar" bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tishga tayyor.
Agar mazkur transfer amalga oshsa, hujumchining sobiq klubi PSJ bu transfer summasining 20 foizini qo‘lga kiritadi. "Nyukasl" Ekitikeni o‘z safiga qo‘shib olsa, bu klub tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ladi. Uch yil oldin Angilya klubi Aleksander Isakni "Real Sosedad"dan 70 million evro evaziga xarid qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Yugo bu mavsum Bundesligada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol kirtidi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar