
Nursulton ro‘ziboevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum!
Hamyurtimiz UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboevning (34-9-2-2NC) navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. U 26 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 308" turnirida rossiyalik Rinat Faxretdinovga (22-1-1NC) qarshi jang qiladi.
Xabaringiz bor, yurtdoshimiz UFCda 3 ta jang o‘tkazib, uning 2 tasida muddatidan avval g‘alaba qozongan. So‘ngi jangida u o‘rta vazn (83,9 kg) da oktagonga ko‘tarilib, Xoakin bakliga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Bu safargi jangi yarim o‘rta vazn (77,1 kg)da bo‘lib o‘tadi. Faxretdinov UFCda 5 ta jang o‘tkazgan va ularning 4 tasida g‘alaba va bir marotaba durang qayd etgandi.
Mazkur muhim jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!
Fikrlar