
Nursulton Ro‘ziboev shogirdi “WEF 128 PROF FiGHT 55” turnirida oktagonga ko‘tariladi
3 oktyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “WEF 128 PROF FiGHT 55” turniri tashkil etiladi. Mazkur jang oqshomida Behzod Jiyanov hamda UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboev shogirdi Muhammadali G‘aniev ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.
U Qirg‘iziston vakili Asilbek uulu Timurlanga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Mazkur qarama-qarshilik yarim engil vazn (65,8 kg) toifasida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, G‘anievning professional ko‘rsatkichi 3-2 bo‘lsa, qirg‘izistonlik jangchining rekordi 3-1 ko‘rinish olgan.
Fikrlar