Nur-Sultonda hamyurtlarimiz shoxsupaga ko‘tarilmoqda

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, mazkur chempionatda barcha turlarda to‘liq tarkibda ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz ajoyib natijalarni qayd etmoqda. Jumladan, yunon-rum kurashi bo‘yicha 60 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Amir Sultonov barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempioni nomiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 55 kg vaznda Abror Ataboev kumush medalni qo‘lga kiritdi. 48 kgda Quvonch Toshnazarov hamda 93 kg da Jahongir Xoshimovlar esa bronza medali soxibiga aylandilar.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!