Nunesga qiyoslangan "Paxtakor" futbolchisi va natijalar yomonligida yoshlarning stabil emasligini sabab qilib ko‘rsatgan Shatskix (Matbuot anjumani)
Ertaga "Nasaf" hamda "Paxtakor" jamoalari O‘zbekiston Superkubogi doirasida kurash olib boradi. Mazkur bellashuv oldidan "sherlar" ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Hammaga xayrli kech. Ertangi uchrashuv qiziqarli va ajoyib o‘tishi kutilyapti. Har ikki jamoa tez, sifatli va aktiv futbol namoyish etadi.
- Bizda yosh futbolchilar ko‘p va ularning aksari ilk bor bu kabi katta o‘yinlarni ko‘rishi. Ular ertangi uchrashvda g‘alaba qozonish uchun maksimumini namoyish etadi. Barcha futbolchilar bor kuchimizni namoyish etib, g‘alaba qozonishga harakat qilishadi.
"Paxtakor" "Bunyodkor" stadionidagi finallarda omadsiz. Bu haqda nima deya olasiz?
- Raqamlar haqida o‘ylamayman. Ertaga yangi kun, yangi etap va yangi o‘yin.
- Bir qator pozitsiyada kadrlar bilan muammolarga duch keldik. Ko‘rib turibsiz, bizda o‘tgan mavsumdagi tarkibning 20 foizi qolgan. 2-turdagi uchrashuvga kelsak, biz yomon o‘ynaganmiz. Agar e’tibor bilan bellashuvni kuzatsangiz, biz ko‘p imkoniyatlar yaratib, undan foydalana olmaganmiz. Ko‘pchilik yo‘qotilgan ochkolarni muhokama qilyapti. Biroq bu erda murabbiylar taktikalar ustida ishlaydi va futbolchilar nimadirlar o‘rganish jarayonida.
- Ayni vaqtda chempionat darajasi o‘sgan. Teng kuchli jamoalar yig‘ilgan va hamma futbol o‘ynashni o‘rganib olgan.
- 3:0 hisobida "Lokomotiv"ga boy berilgan bellashuvda ham va bir tur avval "Nasaf"ga qarshi nursiz durang qayd etilgan bahsda ham bir xil tarkib maydonga tushgan. Bu stabil emasligimiz bilan bog‘liq. Sababi, tarkibimizda yoshlar ko‘p. Yoshlar esa stabillik namoyish eta olmaydi. Hammasi iziga tushishi uchun vaqt kerak. Biroq vaqt har doim ham etmayapti.
Reglamentga ko‘ra, 90 daqiqada g‘olib aniqlanmasa, penaltilarga murojaat qilinadi. Jamoangiz bunga tayyorgarlk ko‘rdimi?
- Jarima zarbalari bo‘yicha mashg‘ulot olib borsa bo‘ladi, ammo penaltilarda bu ish bermaydi. Siz mashg‘ulotlarda 10tadan 10ta gol urishingiz mumkin. Biroq jarayonda hammasi o‘zgarib ketadi. Hatto Messi muhim pallalarda pand bergan misollar bor.
Sobirxo‘jaevning yo‘qligi qay darajada bilinadi?
Biz uchun katta yo‘qotish!
Muxlislar haqida
Qaysi jamoa g‘alaba qozonishidan ko‘ra, muxlislar maydonga kelib xursand bo‘lib ketishi eng muhimi. Ob-havo ham juda yaxshi. Oilaviy kelib, bemalol sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlasangiz bo‘ladi. Kim futbolni va "Paxtakor"ni yaxshi ko‘rsa, uchrashuvga taklif qilamiz.
Doston Hamdamov
- Ertangi bellashuvga jamoamiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Maydonning sifati ham a’lo darajada. O‘ylaymanki, muxlislar qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ladi.
Yoshlarga motivatsiya haqida
- Biz ham vaqtida yosh bo‘lganmiz va kattalarning maslahatlariga quloq solganimiz uchun shu darajaga etishganmiz. Ayni damda ularga ajoyib imkoniyat bor. Bunaqa imkoniyat yana bo‘ladimi, yo‘qmi, o‘zlari ham bilib turibdi. Biz ularga qo‘ldan kelgancha maslahat ham, motivatsiya ham beramiz.
O‘tgan mavsum 1 metrdan gol ura olmagan paytlaringiz bo‘lgan. Bu mavsum ancha sermahsul o‘yin namoyish qilyapsiz. Buning sababi nimada?
- Bu savolga o‘zim ham javob bera olmayman. Futbolda ba’zan bir metrdan urolmaysiz, ba’zan esa 30-40 metrdan gol urasiz. Xudo xohlasa, bu mavsum hammasi yaxshi bo‘ladi.
Shuningdek, matbuot anjumanida qiziq voqea sodir bo‘ldi. UZSPORT TV jurnalisti Otabek Jo‘raev Doston Hamdamovni Darvin Nunesga qiyosladi.
Fikrlar