Noyob fakt: Husanov avval “Old Trafford”da o‘ynab ketgan!

  • 22 yanvar, 02:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi rasman e’lon qilindi. E’tirof etish kerakki, 20 yoshli o‘zbek futbolchisi Angliyaning amaldagi chempioni safiga borib qo‘shilishi kutilmagan voqea bo‘ldi.

Tecno

O‘zbek futbolchisini 100 ming evroga olgan “Lans”ning bir yarim yildan keyin o‘z kashfiyotini 500 baravar qimmatiga “Manchester Siti”ga o‘tkazgani haqiqatan shov-shuvli transfer bo‘ldi.

Endi o‘zbek futboli ishqibozlari iqtidorli legionerimizning Xosep Gvardiola qo‘l ostida asosiy tarkibda o‘ynab ketishidan umidvor. Zero, jahonning eng murakkab va ayni paytda eng obro‘li ligasida to‘pish oson emasligini barcha yaxshi biladi.

Sports.uz portali imkoniyatdan foydalanib muxlislar e’tiboriga Abduqodir Husanovning futboldagi faoliyatiga doir qiziqarli va aniq faktlarni havola etadi.

Demak tanishing:

Abduqodir Husanovga bir paytning o‘zidan “top-5” ligalarining barchasidan 20 yaqin klubdan qiziqish bo‘ldi. Ular orasida "Real Madrid" ham bor edi.

                                               *                             *                             *

Abduqodir bobosining familiyasini olgan. Otasi – sobiq futbolchi Hikmat Hoshimov uni ortiqcha bosimdan himoyalash uchun familiyasini o‘zgartirgan.

                     *                            *                             *            

Belarusga 16 yoshida kelgan va voyaga etgunga qadar ikki yil davomida shunchaki mashg‘ulotlarda qatnashib yurgan.

                                               *                             *                             *

Husanov aslida tayanch yarim himoyachisi va professional faoliyatidagi ilk klubi “Energetik-BGU”da himoya markaziga o‘tkazilgan.

                                               *                             *                             *

“Energetik-BGU”da jismoniy tayyorgarligi yuqori bo‘lgani uchun Frantsiya chempionatiga tez moslashganini alohida e’tirof etgan.

                                               *                             *                             *

Husanov 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioni.

                                               *                             *                             *

Xalqaro futbol hamjamiyati e’tiboriga 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida tushgan.

*                            *                             *

Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatgan Abduqodir Husanovni birinchi bo‘lib “Manchester Yunayted” skautlari payqagan, lekin klub menejmenti bu transferga to‘sqinlik qilgan.

                                               *                             *                             *

“Lans” bosh murabbiyi Uill Still Abduqodirni Olimpiya o‘yinlarida boshqa sport turlarida ham musobaqalashishi mumkinligiga ishonadi.

                                               *                             *                             *

Husanov bugungi kunda eng tezkor o‘zbek futbolchisi. Tezligi soatiga 37 kilometr.

                                               *                             *                             *

Abduqodir 2023 yili “Lans”ning mavsumoldi yig‘inida “Manchester Siti”ning ashaddiy raqib “Manchester Yunayted” arenasi “Old Trafford”da to‘p tepgan. O‘sha uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘lgan. Husanov o‘yinning 85-daqiqasida Jonatan Gradit o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan.  

                                               *                             *                             *

Ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi bilan Parij Olimpiadasida ishtirok etdi.

                                               *                             *                             *

Husanov Frantsiya chempionatida birinchi o‘zbek futbolchisi.

                     *                            *                             *

Abduqodir Angliya Premer-ligasidagi ilk o‘zbek himoyachisi.

                                               *                             *                             *

Legionerimiz Evropaning “top-5” ligalaridan ikkitasida o‘ynagan yagona o‘zbek futbolchisi.

                                               *                             *                             *

Transfermarkt portaliga ko‘ra, 12 million evro bilan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi.

                                               *                             *                             *

“Manchester Siti” jami 50 million evro to‘lagani bois “Lans” tarixidagi eng qimmat transfer egasi.

Abduqodir Husanov haqidagi fakt va qiziqarli ma’lumotlarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Davomini legionerimiz Angliya Premer-ligasidagi debyutidan keyin sanaymiz... 

 

“Top-5” ligalarida o‘ynay oladigan o‘zbek futbolchilari ro‘yxati e’lon qilindi!

Husanovni tarbiyalagan murabbiy: Abduqodir “Siti”ga borishi bilan raqobatchilarini “g‘ajib tashlaydi”!

Husanov o‘tgan sinovlarda ko‘plar sinib ketadi!

Janob, Husanovdan zo‘r futbolchi tayyorlab bering!
Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!