Noyerniing jarohati o‘ta jiddiyligi ma’lum qilindi

  • 11 yanvar, 2023, 09:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" darvozabon Manuel Noyerning o‘ng oyog‘ining pastki qismi singanini e’lon qildi.

Tecno

"Bild" nashrining yozishicha, Noyerning oyoq suyagi ochiq singan. Bunday jarohatni tiklash uchun oddiy sinishdan ko‘ra ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. "Bild" bu borada Noyer atrofidagilar bilan bog‘landi va darvozabonga yaqin odamlar Manuelning tashxisi aynan shunday ekanligini inkor etishmadi.

"Bavariya"da hech kim Noyer qachon va qanday formada maydonga qaytishini ayta olmaydi. Futbolchi avvalgi darajasiga chiqa olishiga ham shubha bor. Shu bois, myunxenliklar klubi nafaqat joriy mavsumda, balki uzoq muddatda uning o‘rnini bosa oladigan darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi.

Garchi transfer oynasi 31 yanvargacha ochiq bo‘lsa-da, rahbariyat yangi darvozabon qidirishni kechiktirmoqchi emas. Chunki bu vaqtga qadar Bundesliganing 3 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi va PSJ bilan chempionlar ligasidagi o‘yinlarga atigi ikki hafta qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Noyer Germaniya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatidan chiqqanidan so‘ng ta’tilda chang‘i uchayotgan vaqtida oyog‘ini sindirib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!