Noyer operatsiya qilindi

  • 7 fevral, 2022, 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan, biroq Noyerning sog‘ayishi uchun bir necha hafta talab etiladi.

"Jamoa a’zolari Manuelning tezroq tuzalib ketishini tilaydi. Ishonchimiz komilki, u tez orada yana ajoyib formada biz bilan birga bo‘ladi", - dedi "Bavariya" sport direktori Hasan Salihamijich.

35 yoshli Noyer joriy mavsum “Bavariya” safida barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 28 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!