Noyer faoliyatini jarohat sabab yakunlamoqchi emas

  • 11 dekabr, 2022, 09:29
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi hamda "Bavariya" posboni Manuel Noyer faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayapti.

Tecno

Avval xabar berganimizdek, 36 yoshli kiper ta’til paytida chang‘i uchayotgan payt oyog‘ini sindirib oldi va mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.

Shunga qaramay, Noyer keyingi mavsumda ham "Bavariya"ning birinchi raqamli posboni sifatida faoliyatini davom ettirishni istamoqda. Buning ustiga u o‘z mamlakatida bo‘lib o‘tadigan Evro-2024ga borishni ham rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi ayni dam davom etayotgan JChda guruhdan chiqa olmadi, jamoa raqobatda Yaponiya va Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!