
Noyer bilan raqobatga bardosh berolmagan posbon boshqa jamoaga o‘tadi
“Bavariya” darvozaboni Aleksandr Nyubel yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. Bu haqda germaniyalik insayder Florian Plettenberg o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 24 yoshli nemis posboni uchun Evropaning ikki klubi kurash boshlagan. Ularning biri “Borussiya” Dortmund bo‘lsa, ikkinchisi “Monako”.
Nyubel “Bavariya” safiga o‘tgan yoz “Shalke”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Noyerdek afsonaviy darvozabon bilan yuzaga kelgan kuchli raqobat sabab, u joriy mavsum bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yubordi.
Transfermarkt portali Aleksandrning ayni damdagi transfer narxini 6,5 million evroga baholamoqda.
Fikrlar