
Noxush xabar! Yamal qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
Lamin Yamal katta ehtimol bilan "Atletiko"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
15 dekabr kuni "Barselona" La Liga doirasida "Leganes"ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Kataloniya klubi vingeri bu o‘yinda jarohat oldi. U birinchi bo‘lim tugashi bilanoq almashtirishga ishora qildi, biroq 75-daqiqagacha maydonda harakat qildi.
Jurnalist Xose Alvaresning yozishicha, ispaniyalik futbolchining to‘pig‘i shikastlangan. U taxminan 3-4 hafta maydonga tusha olmasligi taxmin qilinmoqda.
Joriy mavsumda Yamal La Liga doirasida 16 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol hamda 9 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygandi.
Fikrlar