Novak Jokovichni kim to‘xtatadi?
Jahonning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Amerika ochiq chempionatining ikkinchi davrasida argentinalik Xuan Ignasio Londeroga qarshi kortga chiqdi.
Novakning ustunligida o‘tgan o‘yin 6:4, 7:6, 6:1 hisobida yakunlandi. Bu g‘alaba Jokovich uchun 1/32 final bosqichining yo‘llanmasini olib keldi.
Shu tariqa Jokovich turnirning uchinchi bosqichida hamyurti Dushan Layovich, yoki amerikalik Denis Kudla bilan kuch sinashadi.


Fikrlar