
"Nottingem Forest" Santu bilan xayrlashishga qaror qildi
O‘tgan mavsum juda yaxshi ta’surot qoldirgan "Nottingem Forest" bosh murabbiyi Nuno Eshpiritu Santuni o‘z lavomizidan ozod qilishga qaror qildi.
Insayder Motteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, bir hafta oldin portugaliyalik mutaxassis "Sky Sports"ga bergan intervyusidan keyin rahbariyat u bilan ishlashni istamayapti.
Santu o‘sha intervyusida shunday degan edi: "Tarkib jihatidan biz juda orqadamiz. Transferlar oynasidagi rejamizni amalga oshira olmadik. Jamoa tarkibi borasidagi tayyorgarlik ideal bo‘lmadi, ,bizda qaysi tarkib borlini ham bilmaymiz. Ayrim futbolchilar ijaraga ketishini bilishadi. Bizda katta muammo bor".
Nuno "Al-Ittihod"da ishlaganidan keyin "Nottingem"ni qabul qilib olgan edi. Shundan keyin jamoa APL turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilib, mavsum so‘nggida 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar