Nodirjon Mirzahmedov: Asosiy raqobatchim? Yoshlar terma jamoasi a’zolari!

  • 3 noyabr, 2020, 23:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

-49 kg vazn toifasida Osiyo chempioni Nodirjon Mirzahmedov bugun O‘zbekiston chempionati doirasida samarqandlik Zarshod Jalolovga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq, Jalolov jangga o‘z vaqtida etib kelolmaganligi sababli g‘alaba Nodirjonning nomiga yozildi.

Tecno

Shundan so‘ng, O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati Mirzahmedov bilan qisqacha suhbat uyushtirdi.

"Chempionatga murabbiylarim Bekzod Xidirov, Rinat Yusupov bilan birgalikda kuchli tayyorlandik. Jangim bo‘lgani yaxshi edi. Keyingi bahslarga tramplin vazifasini o‘tab berar edi. Endi nima ham deymiz. Bizni kutib turgan raqiblarga tayyorgarlikka yarasha qarshilik ko‘rsatamiz. Respublika birinchiligida ikki marta chempion bo‘lganman. Vaznimdagi barcha ishtirokchilarga hurmat bilan qarayman, ularning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Asosan yoshlar tarkibidan qo‘shilgan bokschilar bizga muammo tug‘dirishi mumkin, deb hisoblayman", - dedi Nodirjon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!