
Nodirbek Abdusattorovga yana biroz omad etishmadi!
Parijda o‘tkazilayotgan "Freestyle Chess Grand Slam" turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rin uchun kurashda Vashe-Lagravga imkoniyatni boy berdi. Vakilimiz endi 7-o‘rin uchun kurash olib boradi.
Maksim Vashe-Lagrav bilan klassik partiyalardagi hisob 1:1 bilan yakunlandi va g‘olib nomi taybrekda ma’lum bo‘ldi. Taybrekning 1-o‘yini durang bilan yakunlangan bo‘lsada, 2-o‘yinda MVLning qo‘li baland keldi.
Endi Nodirbek musobaqani ettinchi o‘rin uchun kurashda davom ettiradi. Raqib esa — Ian Nepomniachtchi.
Fikrlar