Nodirbek Abdusattorovda g‘alaba, Javohir Sindarovda durang. Nufuzli shaxmat turnirida hamyurtlarimizning navbatdagi raqiblari kimlar?

  • 15 yanvar, 2023, 12:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Tata Steel Chess 2023" turniri start oldi.

Tecno

Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari jam bo‘lgan ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorov asosiy guruh bahslarida ishtirok etayotgan bo‘lsa, Javohir Sindarov chelenjerlar guruhida g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. 

Kecha o‘tkaziladigan birinchi turda Abdusattorov Ruminiya vakili Richard Rapportni qora donalarda mag‘lub etdi. 

Chelenjerlar tasnifida esa Javohir Sindarov germaniyalik Aleksandr Donchenko bilan durang o‘ynadi. 

Bugun ikkinchi turda Abdusattorov anchagina nomdor qarib, AQSh vakili Fabiano Karuana qarshiligini sindirishga to‘g‘ri kelsa, Sindarov serbiyalik Velimir Ilichga qarshi dona suradi. 

Bahslar Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!