Nodirbek Abdusattorov reyting etakchiligini davom ettirmoqda (kun natijalari)

  • 22 dekabr, 2022, 20:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. 

Tecno

Bugun, 22 dekabr kuni blits yo‘nalishi start oldi va 9 turda bahslar bo‘lib o‘tdi.

Kun davomida hamyurtimiz Fransisko Pons (Ispaniya), Aydin Suleymanli (Ozarbayjon), Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon), Hao Vang (Xitoy), Rauf Mamedov (Ozarbayjon) va Gukesh (Hindiston) ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Shahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon), Sam Shankland (AQSh), Richard Rapportga (Ruminiya) imkoniyatni boy berdi. 

Umumiy turnir jadvalida esa hamyurtimiz 20 ochko bilan hamon etakchilik qilmoqda. 

Ertaga 10-18 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi va musobaqaning mutlaq g‘olibi nomi aniq bo‘ladi.

IMG_20221222_202105_449

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!