
Nodirbek Abdusattorov "Meltwater Champions Chess Tour"da Magnus Karlsenga qarshi dona suradi (barcha raqiblar)
Joriy yilning 19 fevral kuni Chess24.com sayti orqali eng yirik "Meltwater Champions Chess Tour" onlayn turnirlarlar seriyasi doirasida ilk musobaqa - "Airthings Masters" start oladi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 150 ming dollarni tashkil etuvchi mazkur turnirda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.
Musobaqa rapid yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib, dastlab 15 tur saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Har bir g‘alaba uchun 3 ball, durangga 1 ball beriladi. Shuningdek, shaxmatchi o‘zi to‘plagan har bir ochko uchun 250 dollardan mukofot oladi. Eng yaxshi natija qayd etgan 8 shaxmatchi nokaut bosqichiga o‘tib, o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Dastlabki 15 raund saralash bahslarida Nodirbek Abdusattorovning raqiblari ma’lum bo‘ldi. U ilk raundda Anish Giri bilan kuch sinashsa, ikkinchi raundda jahon toji sohibi, musobaqaning amaldagi g‘olibi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Unga 15 tur davomida yana kimlar raqiblik qilishi bilan tanishing:
Fikrlar