
Nishonov ko‘zida yosh bilan o‘zbek xalqidan uzr so‘radi (Video)
Futzal bo‘yicha Kuvaytda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda vakillarimiz 1:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi.
Yaponlardan Oliveyra hamda Kanazava darvozamizni ishg‘ol qildi. Hamyurtlarimiz safida yagona golga Hamroev mualliflik qildi.
O‘yindan so‘ng termamiz a’zosi Husniddin Nishonov intervyu berdi. Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqing.
- Buni tasavvur qilish qiyin. O‘zbek xalqidan uzr so‘raymiz. Biz finalga chiqishni juda ham xohlagandik. Harakat qildik, ammo uddalay olmadik. Hozirgi holatimni tushuntirib bera olmayman".
Fikrlar