Nishonda beshta to‘purar. “Manchester Yunayted” kimni tanlaydi?

  • 9 noyabr, 2023, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” qishki transferlar vaqtida ko‘p gol ura oladigan hujumchi olib kelishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Jamoa hujum chizig‘i islohotlarga muhtoj. Premer-ligada maydonga tushgan to‘rt nafar hujumchidan faqatgina Markus Reshford o‘nta o‘yinda atigi bitta gol urgan xolos. Jamoa to‘purarlari uchtadan to‘p kiritgan yarimhimoyachilar – Brunu Fernandesh va Skott Maktominey hisoblanadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar besh nafar hujumchini nishonga oldi va yanvarda ulardan birini transfer qilishga urinib ko‘radi.

Erik ten Xag kutayotgan hujumchilar  ro‘yxatiga Seru Girassi “Shtutgart”,  Mexdi Taremi “Portu”, Gabriel Barboza “Flamengo”,  Eyvan Touni “Brentford” va Yusuf En-Nesiri “Sevilya” kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!