
Nimaga Benzema OKMKga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi?
OChL guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - OKMK uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Qiziqarli tomoni, ushbu bahsda ishtirok etilishi kutilgan Karim Benzema kutilmaganda tarkibdan tushib qoldi. Bu voqeaga jamoa bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu izoh berdi.
"Benzema Yakshanba kungi mashg‘ulotlarda kutilmaganda jarohat oldi. Tez orada u qanchaga safga chiqqani ma’lum bo‘ladi", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, 35 yoshli hujumchi elkasidan jarohat olgan va tez orada klub uning ahvoli haqda rasmiy bayonot beradi.
Fikrlar