
Nima uchun Stanisavlevich bilan “Nasaf” shartnoma imzolashni istamadi?
Ertaga SPORTS.uz saytida Ro‘ziqul Berdiev bilan katta yozma intervyu e’lon qilinadi. Ancha-muncha mavzularda so‘z borgan. O‘sha suhbatdan bir parcha keltirib o‘tib ketamiz:
- Nima uchun Stanisavlevich bilan “Nasaf” shartnoma imzolashni istamadi?
- To‘g‘risi, shaxsan o‘zim u bilan aloqaga chiqdim. Qo‘ng‘iroqlashdik. Barchasi ko‘ngildagidek ketayotan edi, ammo maosh masalasiga kelganda… U bizdan so‘ragan pul juda katta. Biz Oybek Bozorov, Sherzod Nasrullaev, Husayn Norchaev va Husniddin Aliqulovga beradigan maoshni yig‘ib hisoblasak ham, Aleksandr so‘ragan pul chiqmaydi.
Fikrlar